

"Furiya roxa" murabbiyi "Barselona"ning yosh istedodi 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining birinchi o'yiniga tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
"Agar hech narsa o'zgarmasa, u 15 iyun kuni o'ynashga tayyor bo'lishi mumkin. Bu uning albatta o'ynashini anglatmaydi, ko'ramiz. Balki bir necha daqiqa, balki ikkinchi o'yin uchun formasini yaxshilash uchun shunchaki mashq qilar. Biz vaziyatni baholaymiz", – dedi de la Fuente.


