

"Men ushbu g'oya bilan ulg'aygan, unga sodiq qolgan va uni rivojlantirgan avlod bilan faxrlanaman. Bu futbolchilar jamoaviy mehnatning haqiqiy namunasini ko'rsatishdi, yaxlit bir jamoa bo'la olishdi. Ular ulkan istedodga ega bo'lgan yaxshi va buyuk o'yinchilardir. Men faxr tuyg'usini his qilyapman, emociyalar juda ko'p. Bu avlod bilan biz hamma narsani yutdik. Nazarimda, o'yin ancha ertaroq tugashi kerak edi. Martinesning seyvlari bizga ertaroq gol urishga, hisobni oldinroq ochishga yo'l qo'ymadi. Lekin bu jahon chempionati finali, bu yerda hatto raqib o'n kishi bo'lib qolganda ham chidashga to'g'ri keladi va biz har qanday vaziyatga tayyor edik", - deya de la Fuentening so'zlarini "Marca" nashri keltiradi.
JCH-2026 finalidagi yagona golni 106-daqiqada Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres kiritdi.



