
"Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida o'yin amaliyoti yo'qligi haqida aytib o'tgandim. Biz may oyidan beri rasmiy o'yinlarda ishtirok etmadik. Yangi futbolchilar ham jamoaga kelib qo'shilganiga bir hafta bo'ldi. Ushbu omillar bizga pand berdi. Mavsumga tayyorgarlik ko'rish jarayonidamiz. "Paxtakor" esa mavsumning yarmidan o'tib bo'ldi. O'yinni kichik xatolar hal qildi. "Paxtakor" biz yo'l qo'ygan xatolardan foydalanib ketdi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Ahmad Hayil Ibrohim.
- Jamoangiz uchinchi golni o'tkazib yuborganidan so'ng uchta o'zgarish qildingiz. Ushbu o'zgarishni ikkinchi taym boshida amalga oshirish to'g'riroq bo'lmasmidi?
- Avvalroq aytib o'tganimdek endigina tarkibga qo'shilgan futbolchilar bor edi. Ular 45 daqiqa maydonda o'ynashining o'zi yaxshi natija degan bo'lardim. Futbolda xatolar bo'lib turadi.
- "Al Hussayn" bugun deyarli imkoniyat yarata olmadi. Buning sababi nimada? Aslida jamoangiz bundan-da yaxshiroq o'ynashga qodir edi...
- Biz hali mavsumni boshlamagandik. Iyun oyidan beri yig'inga kirishganmiz. O'yin amaliyoti yo'q. "Paxtakor" esa mavsum yarmida. Bularning barchasini hisobga olib, biz o'yinni 5-4-1 bilan boshladik. Gollar o'tkazib yuborganimizdan so'ng uslubimizni o'zgartirdik.
- "Paxtakor"ning OCHLdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Iordaniyada "Paxtakor" haqida nimalarni bilishadi?
- "Paxtakor" tarkibida yaxshi futbolchilar ko'p. OCHLda yaxshi ishtirok eta oladi deb o'ylayman.
