SSKA sobiq yordamchi murabbiyi: "Abbosni RPLning ko'plab jamoalariga taklif qilishgan, biroq yakunda deyarli barcha jamoa rad javobini bergan"

Khoja
3 okt 2024
SSKA sobiq yordamchi murabbiyi Oleg Fomenko Abbosbek Fayzullaevning "Paxtakor"dan transfer qilingan vaqtlarni esladi.

Eshitishimcha, dastlab Fedotov Fayzullaevni sotib olishga shubha bilan qaragan. Bu rostmi?

- Nafaqat Fedotov. Abbosni RPLning ko'plab jamoalariga taklif qilishgan, biroq yakunda deyarli barcha jamoa rad javobini bergan.

Nima sababdan shubhalar bo'lgan?

- RPLda asosan jismonan kuchga asoslangan futbol o'ynaladi. Abbosning gavdasi kichikligi ko'plab savollarni tug'dirardi. Biroq Fayzullaev barchani yaxshi manoda hayratga qoldira oldi. U ham inson, ham futbolchi sifatida barchani ko'nglidan joy ola bildi. Biz uni kelajak uchun harid qilgandik. Biroq u tezda jamoaga kirishib ketdi va asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotladi.


KhojaMuallif
Manba: sport24.ru

O'xshash yangiliklar