

Bu - Dmitriy Igdisamov. U “Sirg'ali” futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo'lib, Toshkentning bir qator jamoalarida to'p tepgan. Keyinchalik Pro licenziyasini olib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.
"Dmitriy Igorevich Igdisamov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", – deb xabar berdi Moskva klubi.
Bugun, 4 may kuni "armiyachilar" matbuot xizmati Fabio Chelestini bosh murabbiy lavozimidan iste'foga chiqarilganini e'lon qilgandi.
Avvalroq Dmitriy Igdisamov shveytsariyalik murabbiyning yordamchisi va SSKA o'smirlar jamoalari bosh murabbiyi bo'lib ishlagan.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" va “Olimpik” sobiq ustozi, o'zbekistonlik mutaxassis Denis Korostichenko SSKA akademiyasi murabbiylaridan biri hisoblanadi. Aynan u Igdisamovning yordamchisiga aylanishi mumkin.



