

Yaponiya terma jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Braziliyaga imkoniyatni boy berib (1:2), musobaqani tark etgan edi.
"Menimcha, fikrlar turlicha bo'ladi, lekin baribir o'z mulohazamni bildiraman. Men Xadzime Moriyasuga bir yillik yangi shartnoma taklif qilingani haqidagi xabarni ko'rdim. Agar bu keyingi murabbiylikka munosib nomzodlar ko'rinmayotgani sababli shunchaki vaqtinchalik variant bo'lsa, unda meni bir yilga sinab ko'ringlar. Agar Osiyo Kubogida yutqazsak, hech qanday gap-so'zsiz meni bo'shatib yuboraverasizlar. Men bu chaqiriqni qabul qilishga tayyorman", - deb yozdi Keysuke Xonda X ijtimoiy tarmog'ida.
Ma'lumot uchun, 40 yoshli futbolchi ayni vaqtda Indoneziyaning "Jurong" jamoasida to'p surmoqda. U Yaponiya terma jamoasi safida jami 98 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 37 ta gol va 23 ta assist bor. Xonda Yaponiya terma jamoasi safida 2011 yilgi Osiyo kubogida g'alaba qozongan.



