

Xabaringiz bor, yaqinda "qaldirg'ochlar"ni Ilyos Zeytullaev boshchilgidagi murabbiylar shtabi tark etdi. Ma'lumotlarga ko'ra, endilikda jamoani ko'pchilikka tanish bo'lgan mutaxassis Ivan Boshkovich boshqaradi. Chernogoriyalik murabbiy ertaga Toshkentga uchib keladi va katta ehtimol bilan "Surxon" bilan o'yinda o'zi maydonga olib tushadi.
Ma'lumot uchun, Ivan Boshkovich 2020-2022 yillarda "Bunyodkor" akademiyasida, 2022 yilda o'rinbosarlar va asosiy jamoada faoliyat olib borgan.



