"Chendu" Xitoy Superligasidagi 14 ochkolik ustunlikni 5 tur ichida boy berib, chempionlikni qo'ldan chiqardi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2026, 14:40
Xitoyda Superliganing 2026 yilgi mavsumi yakuniga etdi.

"Dalyan Inbo" sensacion tarzda mamlakat chempioniga aylandi. Bu kutilmagan natija bo'ldi, chunki "Chendu Junchen" mavsum yakuniga besh tur qolganda 14 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilayotgandi, biroq shundan so'ng bor-yo'g'i bir ochko jamg'ara oldi xolos.

"Chendu" butun mavsum davomida turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab keldi, faqat so'nggi kunda "Dalyan " ochkolar bo'yicha raqobatchisiga yetib oldi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra chempionlikni ilib ketdi.

Xitoy chempionati mavsumi moliyaviy qoidabuzarliklar sababli bir qator jamoalardan ochkolar olib tashlanishi fonida o'tdi - 16 ta klubdan 9 tasi jazoga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia