Fabregas: "Chempionlar Ligasimi yoki boshqami, turnirni 3 ochko bilan boshlash doimo yoqimli"

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 17:55
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Leyptsig" ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) haqida gapirdi.

"Komo" ajoyib o'yin ko'rsatdi. Bu Chempionlar Ligasidagi ilk bahsimiz, tarixiy oqshom edi. "Leyptsig" tajovuzkor tarzda pressing qilishini bilardik, ularning o'yinini, maydondagi joylashuvini o'rganishga va bizga qarshi nima qilmoqchi bo'lishlarini tushunishga harakat qildik. Bazi vaziyatlarda sabr qilishimizga to'g'ri keldi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda "Leyptsig" tempni oshirgan pallada. Ammo 60-daqiqaga kelib ko'nikib oldik va haqiqatan ham juda yaxshi o'ynay boshladik. Ayniqsa, qarshi hujumlarda.

4:1 hisobi nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatib turibdi. Chempionlar Ligasimi yoki boshqa musobaqami, turnirni uch ochko bilan boshlash doimo yoqimli. Bu biz uchun o'tgan mavsumda qilingan mehnatning mukofotidir. Biroq hovliqib ketmaslik va hushyorlikni yo'qotmaslik kerak", – dedi Fabregas.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Komo" "Feyenoord" bilan kuch sinashadi (14 oktyabr), "Leyptsig" esa PSV bilan to'qnash keladi (13 oktyabr).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com