Chempionlar Ligasida o'ynaydigan 29 ta jamoa ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 may 2026, 12:42
2026/27 yilgi Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan 29 jamoa aniq bo'ldi.

Angliya va Ispaniya asosiy turnirda eng ko'p jamoaga ega bo'ladi, har biri beshtadan.

Angliya: "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va "Liverpul"

Ispaniya: "Barselona", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko" va "Betis"

Italiya: "Inter", "Napoli", "Romo", "Komo"

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Leyptsig", "Shtutgart"

Fransiya: PSJ, "Lans", "Lill"

Niderlandiya: PSV, "Feyenoord"

Portugaliya: "Portu", "Sporting"

Belgiya: "Bryugge"

Chexiya: "Slaviya"

Turkiya: "Galatasaroy"

Ukraina: "Shaxtyor"

2026/27 yilgi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida jami 36 ta jamoa ishtirok etadi. Qolgan 7 ta o'rin yozda o'tkaziladigan saralash bosqichlarida beriladi. Turnirning final bosqichi 2026 yil 8 sentyabrdan 2027 yil 27 yanvargacha davom etadi.

Chempionlar Ligasining ushbu mavsumdagi g'olibi 30 may kuni PSJ va Arsenal o'rtasidagi o'yinda aniqlanadi. Uchrashuv Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FedeNerazzurra