"Chelsi" sardori Jeyms: "Hamma nima uchun kurashayotganimizni ko'rmoqda"

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025
"Chelsi" o'ng qanot himoyachisi Ris Jeyms "Arsenal"ga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ko'klar" sardori golli uzatmani amalga oshirdi va o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Enco Mareska Mayozes Kaysedo 38-daqiqada maydondan chetlatilgach, uchrashuvni 10 kishi bo'lib o'tkazdi.

"Hamma biz qayerda ekanligimizni va nima uchun kurashayotganimizni ko'rmoqda. Biz hammasini ko'rsatib qo'ydik. G'alaba qozona olmagan bo'lsak ham, ko'plab ijobiy jihatlar ko'zga tashlandi. Men jamoa bilan faxrlanaman", – dedi Jeyms.

"Chelsi" 13 o'yindan keyin 24 ochko bilan Premer-liga jadvalida 3-pog'onada bormoqda. "Arsenal" 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano