Cheferin FIFAning JCH huquqlarining bir qismini sotish bo'yicha loyihasi haqida: "Futbol sotilmaydi"

27 sen 2026, 18:19
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin FIFA rahbari Djanni Infantino shaniga tanqidiy fikrlar bildirdi.

Oldinroq Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi UEFA va boshqa tashkilotlarning noroziligi fonida Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotishni nazarda tutuvchi loyihadan voz kechgan edi.

- Siz va [Italiya federatsiyasi prezidenti] Malago Infantino atrofidagi vaziyatga shubhasiz o'xshash qarashga egasiz...

- Sport turimizga bo'lgan ishonch uchta "ustun"ga tayanadi: jipslik, shaffoflik va tor doiradagi shaxslar emas, balki ko'pchilik manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tizimi. Oxirgi vaqtlarda bu tamoyillarning barchasi aynan ularni himoya qilishga qasam ichgan odamlar tomonidan toptaldi.

Dunyo futbolini parchalab yuborgan loyiha, ehtimol, keyinga surilgandir, ammo u putur etkazgan ishonch hali tiklangani yo'q. Endi umumiy vazifamiz - ushbu ishonchni qaytarishdir.

Italiya va butun Yevropa futbol oilasi - boshqa konfederatsiyalardagi hamkorlar bilan birgalikda - o'yinimizni himoya qilish kerak bo'lganda har doimgidek yagona front bo'lib chiqayotganidan xursandman. Takrorlayman: futbol sotilmaydi, - dedi Cheferin.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport