

Eslatib o'tamiz, forvard Millatlar ligasi 1-turidan o'rin olgan Turkiyaga qarshi o'yinda (1:0) gol urgan vaziyatida tizidan jarohat olib, Fransiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi.
Mbappening uchrashuvning 59-daqiqasida almashtirilishi "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyuni xavotirga soldi va u hujumchi bilan bog'lanishga shoshildi, xabar beradi L’Équipe.
Biroq juma kuni kechqurun "Real" tibbiy shtabi norozilik bildirdi. Ma'lum bo'lishicha, fransiyalik futbolchi o'tgan dushanba kuni Klerfontenga aynan shu sohadagi engil og'riqdan shikoyat qilib kelgan. Madrid klubi Fransiya terma jamoasi shifokorlariga bu haqda oldindan barcha ma'lumotlarni taqdim etib, yig'inning dastlabki bosqichida o'yinchiga nisbatan ehtiyotkor bo'lishga chaqirgan edi. Aslida, madridliklar rahbariyati Turkiyaga qarshi o'yinda Mbappe asrab qolinadi deb umid qilgan edi.
Yakunda madridliklar Mbappeda chap tizza orqa kapsulasining giperekstenziyasini (haddan tashqari tortishishini) tashxislashdi. Qayd etilishicha, keyingi tekshiruvlar natijalari kutilayotgan bir paytda, "Real" vaqtni bekorga yo'qotmaslik uchun Mbappega davolanish protokolini ishlab chiqib bo'lgan.



