Feliks Ronaldu haqida: "U mingginchi golini urayotganda yonginasida turish ajoyib bo'lardi"

27 sen 2026, 17:17
"Al Nassr" yarim himoyachisi Joau Feliks klub va Portugaliya terma jamoasida forvard Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynash qanday ekanini aytib berdi, shuningdek, unga 1000-golini urishda yordam bermoqchi ekanini ta'kidladi.

Ayni vaqtda "Al Nassr" hujumchisi hisobida 979 ta gol bor. U 833 ta golni klub miqyosida, 146 tasini esa o'z milliy terma jamoasi tarkibida kiritgan.

- Krishtianu Ronaldu bilan o'ynash nimani anglatadi?
- Bu futbolda juda kam sonli odamlar qila olganini ayta oladigan narsa. Menga u bilan terma jamoada, endi esa "An-Nasr"da birga o'ynash baxti nasib etdi. Ochig'i, bu katta faxr.

Biz kumirimiz va o'rnagimiz bo'lgan Krishtianuni tomosha qilib ulg'ayganmiz, endi esa men u bilan shunday lahzalarni baham ko'ra olyapman. Jumladan, o'tgan yilgi chempionlik unvoni ham o'zgacha bo'ldi. Krishtianuga klubga kelgan paytidan beri intilgan trofeni qo'lga kiritishda yordam berish imkoniyati.

Bundan maksimal darajada zavq olish kerak, chunki bu abadiy davom etmasligini yaxshi bilamiz. Ammo u shu yerda ekan, biz uning yonida bo'lamiz.

- Uning 1000-goliga golli uzatma berayotganingizni tasavvur qilasizmi?
- Men bu haqda allaqachon o'ylaganman. Unga bitta gol etmay turgan mahalda, har safar to'p menda bo'lganida unga qarayman va uzatma bera olamanmi-yo'qmi, shu haqda o'ylayman.

Bu gol futbol tarixiga kiradi va shunday lahzada uning yonida bo'lish ajoyib bo'lardi, - dedi Feliks.

O'xshash yangiliklar


Manba: As