

Unda Janubiy Amerika jamoasi futbolchilari 4:2 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.
3-daqiqada Braziliya terma jamoasi himoyachisi Vanderson hisobni ochdi. 28-daqiqada Avstraliya himoyachisi Alessandro Chirkati muvozanatni tikladi. 34-daqiqada yarim himoyachi Konnor Metkalf avstraliyaliklarni oldinga olib chiqdi.
45+1-daqiqada braziliyalik Rafinya penaltini aniq amalga oshirib, o'z jamoasining ikkinchi golini urdi. 70-daqiqada yarim himoyachi Bruno Gimaraes braziliyaliklarni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 80-daqiqada vinger Vinisius Junior penaltidan Braziliyaning to'rtinchi goliga mualliflik qildi.
Tanaffus vaqtida Rafinya almashtirildi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, u o'ng sonida noqulaylik his qilgan.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Shanba, 3 oktyabr kuni Braziliya Hindistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Avstraliyaning Qatar va Iordaniya bilan bahslari esa noyabr oyiga belgilangan.
Avstraliya – Braziliya 2:4
Gollar: Chirkati 28’, Metkalf 34’ – Vanderson 3’, Rafinya penalti 45+1’, Gimaraes 70’, Vinisius penalti 80’
Avstraliya: Bich, Italyano, Chirkati, Suttar, Xerrington, Behich, Metkalf, Okon-Engstler, Irvin, Irankunda, Yengi
Braziliya: Otavio, Vanderson, Kunya, Gabriel, Mauro, Bontempo, Gimaraes, Danilo, Rayan, Vinisius, Rafinya




