Soriano: "Man Siti" APL qarori ustidan apellyaciya va sudlar orqali shikoyat qiladi"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2026, 01:21
"Manchester Siti" bosh direktori Ferran Soriano klub o'z aybsizligini himoya qilishda davom etishini aytdi.

O'tgan haftada "shaharliklar" APLning moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha deyarli barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topildi – faqat bittasidan tashqari. 2023 yilning fevralida APL "Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 ta turli buzishda ayblagan edi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premer-liga ayblovlarni endigina e'lon qilganida, bazi qoidalar bo'yicha chalkashlik yuzaga kelgan edi.

59 yoshli ispaniyalik menedjer Kopengagenda bo'lib o'tgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi yig'ilishida chiqish qildi. U "Siti" mustaqil komissiya qaroriga keskin qarshi ekanini va apellyaciya hamda ehtimoliy sud davolari orqali uni bekor qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi. U boshqa Yevropa klublari rahbarlariga "shaharliklar" Premer-liga tomonidan qo'yilgan ayblovlar bo'yicha shikoyat qilishini va allaqachon sakkiz yildan beri davom etayotgan ushbu ishni yakuniy hal qilish uchun "yana ancha vaqt" talab etilishini ma'lum qildi. Manba Sorianoning so'zlarini keltiradi: "Bunga sakkiz yil ketdi va yana ko'p vaqt talab etiladi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times