


Mazkur epizodda “Navbahor” himoyachisi hamda “Bunyodkor” jamoasining 9-raqamli futbolchisi to'p uchun kurash olib bordi. Kurash jarayonida “Bunyodkor” futbolchisi yiqilgan holda qo'li bilan to'pni darvozaga yo'llagan. Bosh hakam VAR chaqiruvidan so'ng vaziyatni qayta ko'rib chiqib, golni bekor qildi.
Ekspert hakamlar guruhi vaziyatni batafsil tahlil qilib, ushbu holatda o'yin doirasidagi tabiiy kontakt mavjud bo'lganini, qoidabuzarlik yoki qo'pollik kuzatilmaganini qayd etdi. Shu bilan birga, to'pning qo'l bilan kiritilgani inobatga olinib, golni bekor qilish bo'yicha bosh hakamning qarori to'liq asosli deb baholandi.

🔹 Birinchi vaziyat: Uchrashuvning 45+2-daqiqasida yuzaga kelgan mazkur vaziyatda “Nasaf” futbolchisi “Paxtakor” o'yinchisiga nisbatan qoida buzgan. Garchi “Paxtakor” futbolchisi to'p uchun harakat qilgan bo'lsa-da, u to'pni to'liq nazoratiga ololmagan va to'p darvozabonga yaqinlashib borayotgan edi. Yani, darvozabonning to'pga birinchi yetib kelish ehtimoli yuqori bo'lgan.
Shu sababli, aniq gol urish imkoniyatini yo'qqa chiqarish holati to'liq shakllanmagan deb baholandi. Bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatilmagani to'g'ri qaror sifatida etirof etildi. Vaziyat qizil kartochkaga yaqin bo'lishiga qaramay, sariq kartochka bilan cheklanish o'rinli bo'lgani to'g'ri qaror sifatida etirof etildi. Ekspert hakamlar guruhi ushbu qarorni to'liq qo'llab-quvvatladi.

🔹 Ikkinchi vaziyat: Uchrashuvning 90-daqiqasida “Nasaf” jamoasining 32-raqamli futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida “Paxtakor”ning 55-raqamli o'yinchisiga nisbatan qo'pol tarzda harakat qilgan - u raqibini qo'li bilan tortib qolgan va kurash jarayonida tanasiga zarba bergan.
VAR aralashuvidan so'ng bosh hakam tomonidan penalti belgilandi.
Ekspert hakamlar guruhi ushbu vaziyatda ham bosh hakamning qarorini to'g'ri deb topdi. Qoidabuzarlik sodir etgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilishi ham o'rinli qaror sifatida baholandi.
✅ Xulosa: Har ikkala bahsli vaziyatda ham bosh hakam tomonidan qabul qilingan qarorlar amaldagi qoidalarga to'liq mos keladi va to'g'ri deb topildi.



