Maradonaning JCH-1986dagi sardorlik bog'ichi kim oshdi savdosida 512 ming dollarga sotildi

17 iyul 2026, 10:10
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradonaning 1986 yilgi jahon chempionatida taqqan sardorlik bog'ichi kim oshdi savdosida 512 ming dollarga sotildi.

Savdoni "Sotheby's" aukcion uyi tashkillashtirdi.

Ushbu tarixiy lot jahon birinchiligining 1/4 finali doirasidagi Angliyaga qarshi bahs (Argentinaning 2:1 hisobidagi g'alabasi) bilan bog'liq. O'sha uchrashuvda Maradona ikkita gol urgan bo'lib, ulardan biri futbol tarixiga "xudoning qo'li" nomi bilan kirgan, chunki to'p darvozaga qo'l bilan yo'llangan edi. Aynan shu vaziyat jahon chempionatlari tarixidagi eng mashhur epizodlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq, Pelening 1958 yilgi jahon chempionati finalida kiygan libosi kim oshdi savdosida deyarli 5 million dollarga sotilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sotheby’s