"Bu g'irt tentaklik": Rabo Avstraliyada o'tadigan "Milan" – "Komo" uchrashuvini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025, 19:38
"San-Siro"da 2026 yilgi Qishki Olimpiada o'yinlari rejalashtirgani sababli "Milan" "Komo"ga qarshi o'yin uchun boshqa joy topishga majbur bo'ldi.

A Seriya uchrashuvi Italiyada emas, Avstraliya o'tish qarori nafaqat UEFA, balki "rossoneri" yarim himoyachisi Adrien Rabo tomonidan ham tanqidga uchradi.

Fransiyalik xavbek Italiyaning ikki jamoasi o'rtasidagi o'yin uchun bunday uzoq safarni jinnilik deb atadi, biroq bu vaziyatda hech narsa qila olmasligini tan oldi.

"Bu g'irt tentaklik. Albatta, ligaga ma'lum darajadagi ko'rinish berish uchun moliyaviy kelishuvlar bor, lekin bularning barchasi bizning nazoratimizdan tashqarida. Avstraliyada ikki Italiya jamoasi o'rtasidagi o'yinni o'tkazish uchun shuncha kilometr yo'l bosib o'tish telbalikdir. Biz moslashishga majburmiz. Har doimgidek. Taqvim va futbolchilarning sog'lig'i haqida ko'p gapiriladi, biroq bularning barchasi haqiqatan ham bemani tuyuladi", – dedi Rabo.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Figaro