Botirali Ergashev: "Hissiyotlarni so'z bilan tariflab bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025
"Neftchi" posboni Botirali Ergashev chempionlik qo'lga kiritilganidan keyin saytimizga intervyu berdi.

"Hissiyotlarni so'z bilan tariflab bo'lmaydi. Vodiy ahlini chempionlik bilan tabriklayman! Davomli bo'lsin. Rahbariyatni va muxlislarni chempionlik bilan tabriklayman!

To'g'risini aytsam, mavsum juda qiyin o'tdi. Jamoalar chempionlik uchun oxirigacha kurashdi.

Muxlislarning hissasi katta. G'alaba va mag'lubiyatda ham bizni qo'llab-quvvatlashdi. Bir haftada ikkita kubok ko'tarish yoqimli ekan, yana nasib qilsin deyman", – dedi Botirali Ergashev.

Eslatib o'tamiz, bugun "Neftchi" Farg'onada "Qizilqum"ni mehmon qilib, 4:1 hisobida ustun keldi va chempionlikni qo'lga kiritdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia