

- Kubokdagi so'nggi o'yinni o'tkazdik. Futbolchilarimga rahmat deyman. Ko'rib turganingizdek, tarkibimizda anchagina yo'qotishlar bor. Jarohat olgan va tarkibdan tashqarida bo'lib qolganlarni qaytarish uchun oldimizda ikki oycha vaqt bor. Asror G'ofurov va Shohruz Norxonov yil oxirigacha safga qayta olmaydi. Qolgan 3-4 nafar futbolchimiz 1-2 haftada tayyor bo'lib qolishadi. Yozda tarkibga qo'shib olish uchun bir qancha futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Yangi qon degan narsalar bor, ikkinchi davrani Navoiy xalqi, rahbariyat uchun yaxshi o'tkazib, yuqori o'rinlarni olishga harakat qilamiz. Bugun o'yinga kelgan muxlislarga rahmat aytaman, ular bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Yoshlarni o'ynatyapmiz, bu ham ularga bir imkoniyat. Shunday bahslarda o'zlarini ko'rsata olishsa, keyingi o'yinlarda ham asosiy tarkibga jalb etishga harakat qilamiz. Yoshlarimiz yo'q emas, bor. Ularni ham tarkibga tayyorlab boramiz.
- Endi jamoalar uchun katta tanaffus boshlanadi. Keyingi rejalar qanday?
- Rejalar bor. Futbolchilarga necha kun dam beramiz, qachon yig'ilamiz va boshqalarni rejalashtirib qo'ydik. Ular oilasi bilan vaqt o'tkazish uchun biroz dam beramiz. Keyinchalik Navoiyda yig'ilamiz va o'rtoqlik o'yinlariga start beriladi.



