"Manchester Siti" 18 yoshli futbolchining transferiga 135 mln to'lashga kelishib oldi - Ornshteyn

8 avg 2026, 08:40
"Manchester Siti" Fransiyaning "Lill" klubi bilan 18 yoshli Marokko terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Insayder Devid Ornshteynning X ijtimoiy tarmog'idagi xabariga ko'ra, klublar transferni 129 million evroga kelishib olishgan. Yana 6 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutiladi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Buaddining o'zi o'tishdan manfaatdor, kelishuv esa yakuniy bosqichda turibdi. Avvalroq futbolchi bilan besh yillik shartnoma kelishib olingani xabar qilingan edi.

O'tgan mavsumda Buaddi klub darajasida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining "Lill" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/David_Ornstein