"Manchester Siti" Mourinyuning transfer maqsadi uchun kurashda favorit

27 iyun 2026, 11:33
Angliyaning "Manchester Siti" klubi 18 yoshli marokashlik yarim himoyachi Ayyub Buaddi bilan shartnoma imzolash uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Futbolchi butun faoliyati davomida "Lill"da o'ynagan. Avvalroq "Real" yarim himoyachiga qiziqish bildirgani xabar qilingandi. Biroq, insayderlar marokashlik futbolchini sotib olishga asosiy da'vogar sifatida "Manchester Siti"ni ko'rsatmoqda.

Buaddi o'tgan mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazgan. Yarim himoyachi hisobida bitta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN Deportes