"Man Siti" 100 million evrolik transferni amalga oshirmoqda

23 avg 2026, 17:03
"Manchester Siti" va "Lill” yarim himoyachi Ayyub Buaddi transferini kelishib olishdi.

RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins ma'lumotlariga ko'ra, klublar Marokash terma jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisini 100 million evro evaziga transfer qilishga kelishib olgan.

Bitimga bonuslar kiritilgan. Bu "Lill” tarixidagi rekord sotuv. Transfer haqidagi ma'lumotni Fabricio Romano ham tasdiqladi.

Buaddi o'tgan mavsumda Liga 1ning 30 ta o'yinida 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 7 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi. Ayyub 2026 yilgi jahon chempionatida 5 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabriceHawkins