BeIN SPORTS: “Nyukasl”ning “Arsenal” darvozasiga kiritgan golidan oldin to'p maydonni tark etmadi, ammo Joelinton Magalyaesga qo'pollik ishlatdi va to'pni qo'li bilan o'ynadi

Nozimov Nig'monxo'ja
5 noya 2023
“Nyukasl”ning “Arsenal” darvozasiga kiritgan golidan oldin to'p maydonni tark etmadi.

BeIN SPORTS telekanali stacionar tasvirni e'lon qildi, unga ko'ra, APLning 11-turi doirasidagi o'yinda (1:0) “hakkalar” yagona gol urishdan oldin to'p maydonni to'liq tark etmagani ko'rinib turibdi.

Shu bilan birga, telekanal ekspertlari Richard Keys va Endi Greyning fikricha, golli hujum chog'ida “Nyukasl” yarim himoyachisi Joelinton “to'pchilar” darvozasi oldida “Arsenal” himoyachisi Gabriel Magalyaesni orqadan turtib yuborgan, shuningdek, to'pni o'ziga o'nglash vaqtida qo'li bilan o'ynagan.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sports.ru