"Arsenal" hujumchisi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin

18 may 2026, 10:50
"Barselona" yozda jamoani tark etadigan Robert Levandovskining o'rniga hujumchi izlashda davom etmoqda.

Kataloniyaliklar hujumchini o'rnini bosish uchun "Arsenal" futbolchisi Gabriel Jezusni sotib olmoqchi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda. "Barselona" hujumchining tranferi uchun 35-40 million evro sarflashga tayyor. O'z o'rnida "Arsenal" futbolchini 45 million evroga pullashni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, hujumchining "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermakt nashri hujumchini 20 million evroga baholgan. Hujumchi joriy mavsum 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 2 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca