

Bahsni turkiyalik hakamlar boshqarib borishadi. Juneyt Chaqirga qanotlarda Jem Satman va Tariq Ongun yordam beradi. Zaxira hakami Serkan Ok, darvoza ortidagi hakamlik vazifasini Husayin Gechek va Barish Shimshek bajarishadi.
Eslatib o'tamiz, aynan shu brigada YCHL dastlabki yarim finali doirasidagi Manchester Siti va Real (0:0) o'rtasidagi uchrashuvda ishlagandi.



