

"Monako" juda katta pul so'radi, ammo "Barselona" uni to'lashi mumkin edi. Biz dunyodagi eng ko'p daromad oladigan va eng yaxshi moliyaviy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan klub edik. To'g'risini aytganda, o'shanda moliyaviy ahvolimiz juda-juda yaxshi edi.
Esimda, Mbappening otasi bilan bir-ikki marta suhbatlashganman, ammo PSJ "Monako"ga kuchli bosim o'tkazayotgan edi va o'ylaymanki, Mbappening o'zi ham aynan PSJga - francuz klubiga o'tishni afzal ko'rgan.
Shu bilan birga, murabbiylar uchun eng maqbul variant bo'lgan Usmon Dembele bo'yicha muzokaralar olib bordik”, - dedi Bartomeu.



