

"Oilamizni kambag'al demayman. Yaqinda Odil Ahmedov intervyularidan birida: "Eng muhimi – dadamning borligi", – degan edi. Men ham dadam borligiga shukur qilaman. Ular hali ham Qozog'istonda oddiy quruvchi bo'lib ishlaydilar. Menga ko'p klublardan katta maoshli takliflar tushdi, lekin kareramni o'ylab, o'yin amaliyoti taqdim etadigan jamoani tanlayapman. Ikki yil pul topib, keyin yo'q bo'lib ketishdan ko'ra, kelajakda yuqori darajaga chiqishni maqsad qilganman. Dadam: "Sen pulni emas, futbolni o'yla, men ishlab turaveraman", – deydi. Dadam futbol uchun hech narsani ayamaganlar, meni doim qo'llab-quvvatlagan", dedi 19 yoshli futbolchi.
To'liq intervyuni YouTube sahifamizda tomosha qiling:


