

Bu haqda “RMC Sport” muxbiri Fabris Xoukins xabar berdi.

Tomonlar 28 yoshli fransiyalik futbolchining pullik ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitimda sotib olish bandi ko'zda tutilmagan.
Endilikda “Kristal Pelas” Disasining vakillari bilan muzokara olib bormoqda. U jamoadan ketgan Maksens Lakruaning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.



