

Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi transferining kafolatlangan summasi 60 mln evroni tashkil etadi. Kataloniyaliklar yana 11 mln evroni erishish mumkin bo'lgan bonuslar ko'rinishida to'lab berishlari mumkin. Bundan tashqari, kelishuvda qo'shimcha bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan bo'lib, ular evaziga bitimning umumiy qiymati yanada yuqoriroq bo'lishi mumkin.
Rodri "Manchester Siti" sharafini 2019 yildan beri himoya qilib kelmoqda, o'shanda Angliya klubi uni "Atletiko"dan 70 mln evroga sotib olgan edi. O'tgan mavsumda ispaniyalik maydonda 33 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan.
2024 yilda Rodri 2023/24 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan edi. Hozirda ispaniyalik futbolchi 30 yoshda.



