Behruz Karimov "Navbahor"ga qabul qilinmagani haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
20 avg 2026, 16:09
Shveytsariyaning "Lugano" klubi himoyachisi Behruz Karimov "Navbahor" akademiyasiga ko'rikka borgani haqida gapirdi.

"Adashmasam, 2022 yoki 2023 yilning boshlari edi. "Navbahor"ning U-19 jamoasiga ko'rikka borganimda, meni qabul qilishmagan.

U yerda 2005 yilda tug'ilganlar, yani o'zimdan ikki yosh katta yigitlar bilan birga maydonga chiqqan edim. Yoshroq bo'lsam-da, Namanganda o'ynashni juda xohlaganman. Murabbiylar menga: "Yo'q, yana bir yil harakat qilib tur, qishda taklif qilamiz", – deyishdi. Ancha vaqt tushkunlikka tushdim. O'sha o'yinda chap qanot himoyasida borimni berib, yaxshi o'ynagan edim. Kichkinaligim uchun ishonishmay, jamoaga olishmadi, deb o'ylaganman".

Keyinchalik "Odil Junior"dan taklif tushdi. Zayniddin Tojiev va Jahongir Usmonovlarni oldindan tanirdim, terma jamoa yig'inlarida murabbiyim bo'lishgan. Odil Ahmedov ham taklif qildilar. Men buni o'zim uchun afzal bilib, Toshkentga – "Odil Junior"ga keldim. U yerda Zayniddin Tojiev, Jahongir Usmonov, Qahramon Mahammadjonov qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazdim", dedi Karimov.

Eslatib o'tamiz, Behruz Karimov Namanganda tavallud topgan va boshlang'ich saboqlarni o'sha yerda o'zlashtirgan.

To'liq intervyuni YouTube sahifamizda tomosha qiling:

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia