

Braziliyalik futbolchini "Barselona" klubi sotib olmoqchi. Kataloniya klubi hujumchining transferini shu yozda rasmiylashtirishga harakat qiladi.
Joao Pedro joriy mavsum "Chelsi" safida 45 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "ko'klar" bilan shartnomasi 2033 yilning yozigacha mo'ljallangan.



