

"Barselona" juma kuni "Kamp Nou" ta'miri jarayonida hayotdan ko'z yumgan ishchining o'limi munosabati bilan chuqur qayg'uda ekanini bildirdi.
Ispaniya chempioni X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida bu yo'qotishdan qattiq afsusda ekanligini yozib qoldirdi:
"Klub marhumning oila a'zolariga, do'stlari va hamkasblariga o'zining chuqur hamdardligini bildiradi hamda ularga chin dildan yordam berishga kafolat beradi".
Shuningdek, jamoa prezidenti Joan Laporta oilaga shaxsan taziya izhor qilish niyatida ekanini va butun klub nomidan ularni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qildi.
Kataloniya policiyasi voqeani o'sha kuni kechqurunoq tasdiqladi. Tezkor xizmat xodimlari 54 yoshli erkakning o'limiga kuchli zarba sabab bo'lganini taxmin qilishmoqda. Hozirda qo'shimcha tergov harakatlari boshlangan.
"Kamp Nou"ni qayta qurish ishlari 2023 yilda boshlangan edi. Ta'mirlash jarayoni, katta ehtimol bilan, 2028 yilning bahoridagina to'liq yakunlanadi. Qayta ta'mirdan so'ng arena o'z bag'riga 105 000 muxlisni sig'dira oladigan bo'ladi – bu dunyodagi eng yirik stadionlardan biriga aylanishini anglatadi.
Biroq "AFP" axborot agentligi xabariga ko'ra, mazkur loyiha uzoq vaqtdan beri tanqidlar ostida qolib kelmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, o'tmishda mehnat sharoitlarining yomonligi bo'yicha bir necha bor shikoyatlar kelib tushgan va buning oqibatida qurilish ishlari uch yildan so'ng sekinlashib qolgan.



