"Siz bizni "Barselona"dan ham ko'proq kuldirdingiz": "Atletiko" "Real"ning Alvares uchun bergan 150 mln evrolik taklifiga javob qaytardi

10 iyun 2026, 08:20
9 iyun kuni Madridning "Real" klubi rasmiy sayti orqali direktorlar kengashining bugungi yig'ilishida "Atletiko"ga hujumchi Xulian Alvaresning transfer huquqi uchun 150 million evro taklif qilganini e'lon qildi.

Biroq "Atletiko" bu taklifni rad etdi va futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli (klausula) miqdori 500 million evro ekanligini eslatib o'tdi.

"Atletiko" klubi "Real"ning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi ushbu postiga tezkorlik bilan beshta kulayotgan emodzidan iborat sharh qoldirdi: 😂😂😂😂😂.

Shundan so'ng "Atletiko" yana uchta bayonot e'lon qildi:

1. Siz Rim Papasining "Atletiko"ga muxlislik qilishini aytgan videosini qirqib olibsiz.

2. Ko'rinishidan, siz xushmuomalalikni minnatdorchilik bilan adashtirib yuborgansiz, ammo hech qanday shubha qolmasligi uchun aytamiz: biz sizlardan hech narsa uchun minnatdor emasmiz.

3. Biz Xulian bo'yicha hech qanday taklifni o'rganganimiz ham, ko'rib chiqqanimiz ham yo'q.

4. Agar siz bizni hatto "Barselona"dan ham ko'proq kuldirsangiz, qanday qilib bir-birimiz bilan chiqisha olamiz?

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/atletienglish