Alvares "Atletiko"dan ketmoqchi: "Bu hamma uchun yaxshiroq bo'ladi – men bu haqda klubdagilar bilan allaqachon gaplashib olganman"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2026, 02:35
Alvares "Atletiko"dan ketmoqchi ekanini ma'lum qildi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares JCH-2026 doirasidagi Avstriyaga qarshi o'yindan (2:0) so'ng bergan intervyusida "Atletiko"dan ketish istagi borligini bildirdi.

– Kelajagingiz Jahon chempionatidan keyin hal bo'ladimi? – Rostini aytsam, bilmayman. Ammo hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas. Shu bilan birga, men yashirinmoqchi yoki javobdan qochmoqchi emasman. Men halol odam bo'lishga harakat qilaman va klubdagilar bilan, yani buni muhokama qilishim kerak bo'lgan insonlar bilan allaqachon ochiqchasiga gaplashib oldim.

– Ketishingizga ishonasizmi?

– Nima bo'lishini bilmayman. Ammo menga shunday tuyulyaptiki, hamma uchun eng yaxshi variant – transfer. Men o'z orzuimni amalga oshirmoqchiman, – dedi Alvares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru