

Xabaringiz bor, Superligada ishtirok etayotgan “Xorazm” jamoasida Sergey Tokovning o'rnida Vali Sultonov ish boshlagan edi. Endilikda ushbu murabbiyga shtabda Asror Aliqulov, Jasur Atajanov va darvozabonlar bo'yicha Mixail Naumov yaqindan yordam beradi.
Aliqulov mavsumni “Sho'rtan” jamoasida boshlagan edi, Naumov esa “So'g'diyona”da faoliyat olib borayotgandi. Endilikda ular “Xorazm”da ishlarini davom ettiradi.



