

- Navbatdagi ochko boy berildi...
- Murakkab va og'ir o'yin bo'ldi. Afsuski, juda erta gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramay, yigitlar oxirigacha maydonda qattiq kurash olib borishdi. Jarayonga qaraganda, hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlarimiz bor edi, ammo, afsuski, bahs yakuniga qadar buni uddalay olmadik. Endi bor e'tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratgan holda oldinga intilamiz.
- "Bunyodkor"ning ruhiy holati va jamoadagi muhit haqida nima deya olasiz?
- Albatta, jamoa atrofida yuz berayotgan turli o'zgarishlar fonida ruhiy jihatdan tiklanish oson kechmayapti. Tarkibimizda akademiyadan kelgan yosh futbolchilar juda ko'p. Bunday tarkib bilan natija ko'rsatish og'ir, lekin biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rib, maydonga faqat g'alaba uchun tushyapmiz.

- Transferlar oynasida ko'pchilik jamoani tark etdi. Sizni "Bunyodkor"da nima olib qoldi?
- Men Toshkentda qolishni afzal ko'rdim. Italiyalik murabbiylar shtabi hamda bosh murabbiy bilan suhbatlashgach, "Bunyodkor"da qolishga qaror qildim. Maqsadim - oxirigacha kurashib, jamoaga yordam berish va uni qiyin vaziyatdan olib chiqish.



