

"Mavsumning bu qadar erta bosqichida haqiqatan ham ajoyib o'yin. Bunday darajada o'ynash va biz namoyish etgan ishtiyoqni ko'rsatish muhim edi. Menda juda katta taassurot qoldi va futbolchilarga ularning o'yinini tomosha qilish menga juda maqul kelganini aytdim.
Biroz hayronman, chunki mavsum oldi tayyorgarligida bizda uchta turli xil tayyorgarlik guruhi bor edi. Sakkiz yoki to'qqiz kishi tibbiy testlardan o'tish uchun atigi besh kun oldin kelishdi, ular ikki kun mashg'ulot o'tkazishdi va shu tariqa o'yin ko'rsatish - hayratlanarli darajada ajoyib. Bu bizdagi ishtiyoq darajasi va jamoamizning sifatidan dalolat beradi", - deydi Artetaning so'zlarini keltirgan "Sky Sports".



