"Arsenal"ning ikki nafar asosiy futbolchisi PSJga qarshi o'yindan oldin safga qaytishdi

30 may 2026, 09:15
"Arsenal"ning o'ng qanot himoyachisi Yurrien Timber va hujumchi Noni Madueke PSJga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finalida maydonga tusha oladilar.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Mart oyida Timber Angliya Premer-ligasining 30-turidan o'rin olgan "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) to'pig'idan jarohat olgan edi. O'tgan haftada esa Madueke APLning 38-turi doirasidagi "Kristal Pelas" bilan bahsning (2:1) 83-daqiqasida majburiy ravishda almashtirilgan edi.

Avvalroq, PSJ tarkibida ham o'yinga to'rt kun qolganda himoyachi Ashraf Xakimi va hujumchi Usmon Dembele umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlagani haqida ma'lumot berilgan edi.

30 may kuni PSJ va "Arsenal" Chempionlar ligasi finalida o'zaro to'qnash kelishadi. Match Budapeshtdagi (Vengriya) "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano