"Arsenal" yarim himoyachisini “Real”ga 70 mln evroga sotishga tayyor

13 sen 2026, 13:55
"Arsenal" 27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendini 70 million evroga sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.

Madridning "Real" klubi transfer uchun ushbu mablag'ni ajratishga tayyor.

"Barselona"ni tanlagan Rodrining muvaffaqiyatsiz transferidan so'ng "qaymoqranglilar" lagerida yarim himoyani kuchaytirish bo'yicha izlanishlar davom etmoqda. Qayd etilishicha, "Real" yozda Subimendiga qiziqish bildirgan va o'shandan beri uning vakillari bilan aloqada bo'lib kelmoqda.

Ispaniyalik futbolchi 2025 yildan buyon "Arsenal" safida o'ynamoqda. Futbolchi bu mavsumda klub safida beshta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.es