

54-daqiqada hakam Djon Bruks jarima maydonchasiga uzatma oshirilgan vaqtda Ezri Konsaning Deniel Bellardga nisbatan qoida buzganini qayd etib, "kanonirlar" darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. "Arsenal" himoyachisi raqibini maydonga ag'darib yubordi, garchi Bellardning o'zi ham raqibini libosidan tortgandek tuyulishi mumkin edi.
"Bunday darajada buni qabul qilib bo'lmaydi. Qabul qilib bo'lmaydi. Bunday qarorlar butun mavsumning borishini o'zgartirib yuborishi mumkin.
Buni qabul qilib bo'lmaydi. Ishonch hosil qilish uchun ushbu vaziyatni o'n marta qayta ko'rib chiqdim. Bunday narsa yuz bermasligi kerak.
Men futbolda 27-28 yildan beri borman. Bu hech bir o'yinda, hech qanday holatda va hech bir ligada penalti emas", – dedi Arteta.



