

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, londonliklarning 55 million funtlik birinchi taklifi rad etilgan, 65 million funtlik ikkinchi taklifi ham rad javobini olgan. Qayd etilishicha, 65 milliondan 90 million funtgacha bo'lgan uchinchi taklif muzokaralarni tezlashtirishi mumkin.
Shuningdek, Gimarayns o'tgan hafta "Nyukasl"ga "Arsenal"ga o'tmoqchi ekanligini bildirgan, biroq klub uchun muammo tug'dirmasligini va o'z kelajagi borasidagi qarorni aynan "qarg'alar" ixtiyoriga topshirishini aytgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Gimarayns barcha turnirlarda 41 ta o'yinda ishtirok etib, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy bahosi 70 million evroni tashkil etadi.



