"Barsa" Jezusni "Arsenal"dan 10 million evro va bonuslar evaziga sotib olmoqda. Forvard ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi

30 avg 2026, 18:44
"Barselona" "Arsenal"dan Gabriel Jezus transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

London klubi 10 million evro va hujumchining doimiy transferi uchun bonuslar oladi.

Jezus "to'pchilar"ning ruxsati bilan tibbiy ko'rikka boradi. U dushanbaga belgilangan.

Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano