"Atletiko" Alvaresni "Arsenal"ga 120 million funtga sotishga tayyor

28 avg 2026, 00:50
"Atletiko" "Arsenal"ga hujumchi Xulian Alvares transferi bo'yicha o'z talabini ma'lum qildi.

Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, madridliklar o'tgan hafta Londonga borib, argentinalik futbolchining kelajagi bo'yicha "Arsenal" vakillari bilan muzokara o'tkazgan. Safar "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson masalasi bilan bog'liq qilib ko'rsatilgan bo'lsa-da, asosiy maqsad Alvaresning transferi bo'lgan.

"Atletiko" "Arsenal"ga Jahon chempioni uchun 120 million funtdan ortiq (taxminan 140 million evro) takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

"Arsenal" esa transfer bo'yicha taklif kiritishga tayyor, ammo buning uchun avval Alvaresning o'zi London klubiga o'tishga rozi bo'lishi kerak.

Shuningdek, "kanonirlar" transfer to'lovining tuzilishi bo'yicha "Atletiko"ning ma'lum darajada yon berishini kutmoqda.

Avvalroq "Atletiko" Alvaresni "Barselona"ga sotmasligini rasman ma'lum qilgan edi. Klub kataloniyaliklar bilan muzokaralar bo'lmagani va bo'lmasligini takidlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/JacobsBen