"Ayaks" "Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 11:40
"Ayaks" Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat bilan bitim tuzilganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

2.jpg

Amrabat "Fenerbaxche"dan ketganidan so'ng Niderlandiya klubiga erkin agent maqomida qo'shildi.

Amrabat o'tgan mavsum ijara asosida "Betis" safida to'p tepgan. Bundan tashqari, u avval "Utrext", "Feyenoord", "Bryugge", "Verona", "Fiorentina", "Manchester Yunayted" va "Fenerbaxche" jamoalarida ham o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif