"Arsenal" Arteta bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

11 sen 2026, 00:55
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan yangi shartnoma imzolashga juda yaqin.

Tomonlar muzokaralarda sezilarli oldinga siljishga erishgan va kelishuv tez orada rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

BBC ma'lumotiga ko'ra, londonliklar ispaniyalik mutaxassisga amaldagi shartnomasidan ancha yaxshiroq moliyaviy shartlarni taklif qilmoqchi. Shu tariqa Arteta dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylardan biriga aylanishi mumkin.

Hozirda 43 yoshli murabbiy "Arsenal"da yiliga taxminan 10 million funt ishlab topadi. Bundan tashqari, jamoaning Chempionlar ligasiga chiqishi uchun 5 million funt miqdorida bonus oladi.

Arteta "Arsenal"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O'tgan mavsumda u jamoani Premer-ligada chempionlikka olib keldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC