

"Bu haqiqatan ham og'ir o'yin bo'ladi. Men bu stadionda ilgari ham bo'lganman va ular qanday atmosfera yarata olishini bilaman, ularning o'z maydonidagi natijalari haqiqatan ham hayratlanarli. Ularda juda tajribali murabbiy va ligada to'p surgan ko'plab futbolchilar bor, shuning uchun biz nimaga duch kelishimizni bilamiz. Biz tayyormiz va qarorimiz qatiy", - dedi Artetaning so'zlarini klub matbuot xizmati.
"Napoli" va Londonning "Arsenal" klublari o'rtasidagi uchrashuv 9 sentyabr kuni "Diego Armando Maradona" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo'lib o'tadi.



