

"Real" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold intizomiy qoidabuzarlik tufayli "Atletiko"ga qarshi derbi uchun asosiy tarkibga kiritilmadi. La Liganing 29-tur uchrashuvi "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.
Marca nashri xabariga ko'ra, Alvaro Arbeloa angliyalik futbolchini hafta oxiridagi mashg'ulotlardan biriga kechikkani uchun zaxirada qoldirishga qaror qilgan. "Real"ning asosiy tarkibida o'ng qanot himoyachisi o'rnida Daniel Karvaxal maydonga tushadi.
Xabarlarga ko'ra, Trent o'zini asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rsatganiga qaramay, murabbiy jamoada tartib va intizomni saqlash uchun unga nisbatan chora ko'rishni zarur deb hisoblagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham futbolchilarga nisbatan shunday jazo choralarini qo'llagan edi – nemis mutaxassisi kechikishlar sababli Jyul Kunde, Rafinya va Markus Reshfordni zaxirada qoldirgandi.



