Arbeloa APL klubiga bosh murabbiy bo'lishga yaqin

13 iyun 2026, 23:35
Madridning "Real" klubi sobiq murabbiyi Alvaro Arbeloa "Fulxem" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishiga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

"Fulxem" va Alvaro Arbeloa o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda. Ispaniyalik murabbiy Oskar Ribot, Luis Alonso va London klubi vakillari o'rtasidagi so'nggi aloqalardan so'ng ikkala tomon ham kelishuvga optimizm bilan yaqinlashmoqda. Bazi tafsilotlar hali kelishib olinishi kerak, ammo umumiy kayfiyat ijobiy va yaqin kunlarda tomonlar kelishuvga erishishiga ishonch bor.

9 iyun, seshanba kuni "Real" 43 yoshli Alvaro Arbeloaning bosh murabbiylik lavozimini tark etganini e'lon qildi. Arbeloa 2026 yil yanvaridan beri "qaymoqlilar"ni boshqarayotgandi.

"Fulxem" Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumini 11-o'rinda yakunladi. Jamoa 38 o'yinda 52 ochko to'pladi. "Arsenal" mamlakat chempioni bo'ldi (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/MatteMoretto